» » Tabiiy mahsulotlar: yuz uchun qaysi mevalardan niqob qilgan yaxshi?

Tabiiy mahsulotlar: yuz uchun qaysi mevalardan niqob qilgan yaxshi?


Vaqti-vaqti bilan terini ham tabiiy vitaminlar bilan oziqlantirib turish zarur ekanligini unutmaslik lozim. Uy sharoitida niqob tayyorlash uchun albatta tansiq mevalardan foydalanish shart emas. Hamma joydan olish mumkin bo‘lgan o‘zimizning mahalliy mevalar yuzni parvarish qilish uchun juda mos keladi.

Biz siz uchun hamma turdagi yuz terilari uchun hartomonlama va foydali niqoblar tayyorlash mumkin bo‘lgan 5 xil yozgi mevalarni tanladik.

Olma.  Olmalardan qilingan aralashma yuz terisini mustahkamlaydi va yaxshi tozalaydi. Mayda qirg‘ichda qirilgan olma ajoyib tarzda namlaydi, yangilaydi va vitaminlar bilan ta’minlaydi. Hamma turdagi terilar uchun mos tushadi. Olma sharbati ham juda foydali va uy sharoitida tayyorlanadigan kosmetikada ko‘p ishlatiladi.

Olxo‘ri. Olxo‘ri sizning teringizga yumshoqlik va mayinlik bag‘ishlaydi, uni yoshartiradi va mayda ajinlarni tekislaydi. U teri teshikchalarini toraytirish xususiyatiga ham ega. Qariyotgan va so‘ligan terilarni parvarish qilish uchun juda mos.

Qovun. Qovun eti oqartiruvchi xususiyatga ega, sepkillarni va boshqa pigment dog‘larni bilinmaydigan qilishda yordam beradi. Qovundan qilingan mevali niqoblar yoshartiruvchi va tozalovchi samaraga ega. Yaxshi oziqlantiradi, namlaydi va taranglashtiradi. Ko‘proq quruq va normal terilarni parvarish qilishda ishlatiladi.

Tarvuz. Tarvuz hamma turdagi terilarni parvarish qilish uchun mos keladi. U ajoyib taranglashtiruvchi vositadir. Tarvuz shuningdek tozalovchi va yoshartiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lib, yuz rangini yaxshilashga yordam beradi.

Uzum. Uzum tarkibida ko‘plab foydali moddalar mavjud. Undan ajinlarni yo‘qotuvchi, terini tozalovchi, oziqlantiruvchi va uni tekis, tarang qiluvchi ajoyib mevali niqoblar qilish mumkin.

Manba: “Lady.tochka.net”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют