» » Hindistonda 257 kishining o‘limiga olib kelgan teraktga aloqador ikki shaxs o‘lim jazosiga hukm etildi

Hindistonda 257 kishining o‘limiga olib kelgan teraktga aloqador ikki shaxs o‘lim jazosiga hukm etildi


Hindiston sudi ikki erkakni Mumbai shahrida portlashlar uyushtirishda aybdor deb topdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

1993-yili Mumbai shahrida deyarli bir vaqtda 13 ta mashina havoga uchirilgan edi. Buning oqibatida 257 kishi halok bo‘lgan, 700 dan ortiq odam yaralangan edi.

Sud ushbu teraktlarda aloqador deb topilgan Feruz Abdulrashidxonni hamda Tohir Merchantni o‘lim jazosiga hukm etdi.

Teraktning yana ikki ishtirokchisi — Abu Salim va Karimulloxon umrbod qamoqda o‘tiradigan bo‘ldi.

Nihoyat, jinoyatning beshinchi ishtiroki — Riyod Siddiqiy o‘n yilga ozodlikdan mahrum ettildi.

Tergovchilarning fikricha, portlashlar Hindistonda qidiruvga berilgan mafiya yetakchisi Dovud Ibrohimning topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan. U Hindiston shimolidagi Babri tarixiy masjidining buzib tashlanishi uchun qasos olmoqchi bo‘lgan.

Dovud Ibrohim ayni paytda Pokistonda ekanligi taxmin qilinadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют