» » O‘zbekiston Bosh prokuraturasida Fransiyaning prokuratura organlari bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

O‘zbekiston Bosh prokuraturasida Fransiyaning prokuratura organlari bilan hamkorlik o‘rnatmoqda


6–7-sentabr kunlari O‘zbekiston Bosh prokuraturasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish: Fransiya va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Seminar davomida Fransiya Milliy magistratura maktabi va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslari ekspertlari, shuningdek, boshqa o‘quv va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

Fransiya vakillari tomonidan Fransiya prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, Fransiya Milliy magistratura maktabining mazkur sohadagi faoliyati, o‘quv dasturlariga bo‘lgan ehtiyoj tahlili va ularni ishlab chiqish, prokuratura organlariga ishga qabul qilish (tanlov va uning talablari), shuningdek, o‘qitish tizimini tashkil etish, tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash va tinglovchilarning reyting bazasini shakllantirish masalalari yoritildi.

Bundan tashqari, Milliy magistratura maktabida o‘qitish jarayonini tashkil qilish, o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish va ularning malakasini oshirish tajribasi, shuningdek, ta’lim berish va o‘quv jarayoni sifatini oshirish hamda masofaviy ta’limni tashkil qilishning zamonaviy usullari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, seminar davomida Bosh prokuraturaning kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sohasidagi faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashdi hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют