» » Toshkentda “oshqozoni og‘riyotgan” shaxs bir ayolning 4,5 million so‘mini o‘g‘irladi

Toshkentda “oshqozoni og‘riyotgan” shaxs bir ayolning 4,5 million so‘mini o‘g‘irladi


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi, 1971-yilda tug‘ilgan Svetlana Serdyuk tuman ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

Arizaga ko‘ra, uning uyidagi qariyb 4,5 million so‘m noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Aytilishicha, noma’lum shaxs qo‘lidagi kartoshkalarni jabrlanuvchiga berib, uy telefonidan qo‘ng‘iroq qilib olishni iltimos qilgan. Uning gaplariga ishongan Serdyuk o‘g‘rini uyiga kiritgan.

Noma’lum shaxs uy egasidan o‘zining ming so‘mlik kupyuralardan iborat 15 ming so‘m pulini besh minglik kupyuralarga almashtirib berishni so‘ragan. U shu yo‘l bilan uydagi pullar qayerda joylashganini bilib olgan. Shundan so‘ng o‘g‘ri “oshqozoni og‘riyotganini” aytib, Serdyukdan piyoz va suv so‘ragan. Uy egasi uning iltimosini bajarish uchun oshxonaga ketgan paytda o‘g‘ri yotoqxona jovonida turgan pullarni olib, voqea joyidan yashiringan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют