» » Kolumbiya jahondagi eng xavfli turistik yo‘nalish deb topildi

Kolumbiya jahondagi eng xavfli turistik yo‘nalish deb topildi


Kolumbiya turistlar xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda oxirgi o‘rinni egalladi. Hisobot Butunjahon iqtisodiy forumi tomonidan o‘tkazildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Ro‘yxatga jami 136 mamlakat kiritildi.

Kolumbiya bu ro‘yxatda oxirgi, 136-o‘rinni egallashiga narkotik moddalar savdosi va odam olib qochish bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanayotgan ko‘plab qurolli guruhlarning mavjudligi sabab bo‘ldi. Shuningdek, Kolumbiyaning ko‘pchilik yirik shaharlarida terroristik hujumlar uyushtiriladi.

Oxiridan ikkinchi o‘rinni Yaman egalladi. Bu mamlakatda ayni paytda fuqarolik urushi davom etmoqda, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi esa isyonchilarga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda.

Reyting oxirida keyingi o‘rinlarni Salvador, Pokiston va Nigeriya egalladi.

Jahondagi eng xavfsiz turistik yo‘nalishlar uchligiga Finlyandiya, BAA va Islandiya kirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-09-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют