» » Muhandis iPhone 7 ga quloqchinlar uchun port o‘rnatdi

Muhandis iPhone 7 ga quloqchinlar uchun port o‘rnatdi


Muhandis Skotti Allen iPhone 7 ga quloqchinlar uchun port o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Port o‘rnatilgan smartfon ishlashda davom etdi. Bu haqda Motherboard nashri xabar berdi.

Muhandis o‘zining YouTube’dagi kanalida jarayonni batafsil tavsiflab bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish uchun taxminan to‘rt oy ketgan. Tajribalar davomida bir nechta yangi iPhone yaroqsiz holga kelgan. Oddiy parmalangan korpusdan tashqari, Allen smartfonga muhrli plata o‘rnatgan. Plata quloqchinlarning to‘g‘ri ishlashi uchun xizmat qiladi.

Xitoyda yashayotgan Allenning ta’kidlashicha, u hozir iPhone’ga portni o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanmani xitoy tiliga tarjima qilmoqda. Muhandis qo‘llanmani xitoylik ustalar bu metodni o‘zlashtirishi uchun tayyorlamoqda. Bundan tashqari, u Apple muhandislarida qandaydir savol tug‘ilsa, ularga maslahat berishga tayyor.

2017-yilning aprel oyida Allen xitoy elektronika bozoridan xarid qilingan ehtiyot qismlardan iPhone 6s smartfonini yig‘gan. Natijada telefonning narxi taxminan 300 dollarni tashkil qilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 05:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют