» » Toshkentda tayyorlanadigan rekord palov 14 ta joyda tarqatiladi (+ro‘yxat)

Toshkentda tayyorlanadigan rekord palov 14 ta joyda tarqatiladi (+ro‘yxat)


8-sentabr kuni Toshkentda Milliy telekanali jamoasi tomonidan tashkil etilayotgan “O‘zbegim” Milliy qadriyatlar festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasida 8 tonnaga yaqin rekord palov tayyorlanadi. Palovning rekordini qayd etish uchun Guinness World Records vakillari taklif etilgan.

Festival tashkilotchilari “Daryo”ga ma’lum qilishicha, tayyor palov “Muruvvat”, “Saxovat”, qariyalar va nogironlar uylariga, shuningdek, festival mehmonlariga tadbir hududidagi 14 ta joyda tarqatiladi.

Palov tayyorlanadigan hudud sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish maqsadida to‘sib qo‘yiladi. Jarayon esa festival o‘tkaziladigan hududga o‘rnatilgan 17 ta ekranlarda namoyish etib boriladi. Osh damlash jarayoni, shuningdek, Milliy telekanali, uning mobil dasturi hamda Guinness World Records’ning Facebook’dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Osh tarqatish uchun o‘rnatilgan qozonlar va translyatsiya uchun o‘rnatilgan monitorlar joyi ro‘yxati:

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-09-2017, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют