» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” MDHda eng mazali taomlar bilan siylaydigan aviakompaniya deb topildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MDHda eng mazali taomlar bilan siylaydigan aviakompaniya deb topildi


“Tutu.ru” servisi samolyotlarida eng mazali taomlar tortiladigan MDH aviakompaniyalari reytingini tuzdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Bunda 2017-yilning birinchi yarim yilligida sayohatga chiqqan 22 mingdan ortiq yo‘lovchilar to‘ldirgan so‘rovnomalarga asoslanishdi. Yo‘lovchilar “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning taomlarini eng mazali deb topdi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” yo‘lovchilari yeguliklar mazali va to‘yimli bo‘lishini, shuningdek, katta porsiyada tortilishini qayd etdi. Bundan tashqari, parvoz olti soatdan ko‘proq davom etsa, kompaniya asosiy ovqatga qo‘shimcha yengil nonushta ham taklif qiladi.

Reytingning keyingi o‘rinlarini Air Astana (Qozog‘iston), “Alrosa” (Rossiya), Air Moldova, Belavia (Belarus), “Aeroflot”, S7 Airlines (Rossiya), Fly One (Moldova), “Avrora” (“Aeroflot” sho‘basi), Red Wings (Rossiya) aviakompaniyalari egalladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-09-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют