» » Turib ishlash o‘tirgan holatda ishlashga nisbatan yurak uchun zararliroq ekanligi aniqlandi

Turib ishlash o‘tirgan holatda ishlashga nisbatan yurak uchun zararliroq ekanligi aniqlandi


Ish joyida vaqtning asosiy qismini tik turgan holatda o‘tkazadigan ishchilar asosan o‘tirib ishlaydigan xodimlarga nisbatan, yurak xastaliklariga chalinish xavfiga ko‘proq duchor bo‘ladi. Buni kanadalik olimlar aniqladi, deb yozadi “Naukatv.ru”.

Torontodagi Mehnat va salomatlik instituti tadqiqotchilari 12 yil davomida 35—74 yoshli 7300 nafar ishchilarni kuzatdi (boshida ularda yurak kasallilari bo‘lmagan).

Ushbu davr ichida guruh ishtirokchilarining 3,4 foizi yurak-tomir xastaliklariga chalingan. Boshqa omillarni hisobga olmaganda, ishi asosan tik turish bilan bog‘liq odamlarda asosan o‘tirib ishlaganlarga nisbatan yurak xastaliklari xavfi yuqoriroq bo‘lib chiqdi (6,6 foizga 2,8 foiz).

Hatto, shaxsiy, salomatligi va ishi bilan bog‘liq keng doiradagi omillar hisobga olinganidan keyin ham, asosan tik turib ishlagan odamlarda o‘tirib ishlaganlarga nisbatan yurak kasalliklari xavi ikki marta yuqori bo‘lib chiqdi.

Tadqiqot rahbari ishchining yuragi uchun joyida o‘tirib va turib hamda harakatlanib ishlash kombinatsiyasi eng foydali bo‘lishini taxmin qildi. Ammo shu bilan birga, yurak salomatligi ishda duch kelinadigan stress darajasiga ham bog‘liq, deya ta’kidladi u.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют