» » Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zMUning Sotsiologiya yo‘nalishi kirish imtihonlari borasida tarqalgan xatga raddiya berdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zMUning Sotsiologiya yo‘nalishi kirish imtihonlari borasida tarqalgan xatga raddiya berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Mirabbos Inoyatov imzosi bilan O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU)ning Sotsiologiya yo‘nalishiga 1-avgust kuni o‘tkazilgan kirish test imtihonlari natijalarini bekor qilish haqidagi haqiqiyligi shubha ostida bo‘lgan xat surati tarqalgan edi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ushbu xabar yuzasidan raddiya berdi.

“Vazirlik 2017-yil 7-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Inoyatov tomonidan imzolangan 3330-04-380-raqamli (04.09.2017) xatning nusxasi qalbaki ekanligini va undagi ma’lumotlar soxtaligini ma’lum qiladi”, — deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabarida.

Mavzuga doir: “Bizga bunday xat kelmagan”. O‘zMUning Sotsiologiya yo‘nalishiga kirish imtihonlari natijalari bekor qilingani haqidagi xat — soxta

Mavzuga doir: “Bu — DTM vakolatidagi masala”. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMlarga kirish test imtihonlaridagi “shubhali tasodiflar” yuzasidan chora ko‘rmaydi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют