» » Samarqanddagi tungi klublarda jamoatchilik ishtirokida reyd o‘tkazildi (foto)

Samarqanddagi tungi klublarda jamoatchilik ishtirokida reyd o‘tkazildi (foto)


Joriy yilning 6-sentabridan 7-sentabriga o‘tar kechasi Samarqand shahridagi internet va tungi klublarda ota-onasining nazoratisiz yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining viloyat Kengashi faoli Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Nazorat tadbirida voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasi a’zolari hamda viloyat OAV vakillari ishtirok etdi.

Ishchi guruhi tomonidan shahardagi “Barxan”, Daimond Hall, “Sultan”,“Cavalli, “Jeyran”, “Super xot-dog” kabi tungi barlarda tungi soat 23:00 dan keyin o‘tkazilgan nazorat tabirida mazkur muassasalarda voyaga yetmaganlar va yoshlarning borligi aniqlangan. Ularning shaxsini to‘liq aniqlash maqsadida ichki ishlar idoralariga yuborilgan.

Ba’zi yosh qizlar ushbu klublarga mast holdagi yoshi kattalar tomonidan olib kelinganligi ma’lum bo‘lgan.

O‘rganishlar davomida soat tungi 23:00 dan o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan, ushbu dam olish joylari faoliyat olib borayotganligi, shu bilan birga, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sanitariya talabalariga rioya qilinmayotgani aniqlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют