» » Meksikada 8,0 magnitudali zilzila yuz berdi

Meksikada 8,0 magnitudali zilzila yuz berdi


Meksikaning Tinch okeani sohillarida 8,0 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar bermoqda.

Zilzila epitsentri Pixixyapan shahridan 96 km janubi-g‘arbda, zilzila o‘chog‘i esa 35 km chuqurlikda joylashdi. Yerosti silkinishlari 23:49 (Toshkent vaqti bilan 09:49)da qayd etildi.

Qurbonlar va vayrongarchiliklar haqida hozircha ma’lum qilinmayapti. Meksika qutqaruv xizmatlari xabariga ko‘ra, bu zilzila minglab kishilar halokatiga sababchi bo‘lgan 1985-yilgi zilziladan buyon eng kuchlisi bo‘lgan.

Tinch okeani sunami haqida ogohlantirish markazi mintaqada sunami xavfi borligini e’lon qildi. Tabiiy ofat zarbasiga Meksika qirg‘oqlari ham, Gonduras, Nikaragua, Gvatemala, Salvador, Kosta-Rika, Panama va Ekvador  kabi qo‘shni mamlakatlar sohillari ham duchor bo‘lishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют