» » Xitoy Yerdagi karbonat angidrid manbalarini aniqlash bo‘yicha birinchi missiyani yakunladi

Xitoy Yerdagi karbonat angidrid manbalarini aniqlash bo‘yicha birinchi missiyani yakunladi


Xitoy TanSat kosmik sun’iy yo‘ldoshi yordamida Yerda karbonat angidrid gazining yirik manbalarini aniqlash bo‘yicha mamlakat tarixidagi birinchi missiyani muvaffaqiyatli tarzda yakunladi, deb yozadi “TASS”.

Sayyora atmosferasini u yerda karbonat angidrid bor-yo‘qligi nuqtai nazaridan tadqiq qilish sakkiz oydan ortiq vaqt davomida Xitoy meteorologiya boshqarmasi ehtiyojlari uchun olib borildi. Kosmik qurilma har 1,5 soatda 700 km balandlikdan ma’lumotlarni Xitoy davlat sun’iy yo‘ldoshli meteorologiya markaziga uzatib turdi.

Sun’iy yo‘ldoshda ikkita modulli platforma bo‘lib, unga maxsus datchiklar — uglerod monoksidining giperspektral detektori hamda aerozol zarralarni tutish uchun ko‘p spektrli moslama o‘rnatilgan. Xitoy bu yo‘l bilan karbonat angidrid gazi manbalarini batafsil o‘rganib, sayyora atmosferasining uglerodli sikllarida uning qanday rol o‘ynashini aniqlamoqchi hamda uzoq muddatli istiqboldagi iqlim o‘zgarishlarini oldindan aytmoqchi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют