» » Eng mashhur seriallarning aktyorlari bitta epizodda suratga tushgani evaziga qancha gonorar oladi? (foto)

Eng mashhur seriallarning aktyorlari bitta epizodda suratga tushgani evaziga qancha gonorar oladi? (foto)


AdMe dunyoga mashhur seriallarda bosh rollarni ijro etuvchi aktyorlar qancha miqdorda gonorar olishi borasida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Supernatural serialidagi Din Vinchester rolini ijro etadigan aktyor Jensen Ekls har bir qismda o‘ynagani uchun 175 ming dollar gonorar oladi. Uning hamkasbi Jared Padaleki esa Sem rolini ijro etgani uchun 125 ming dollar oladi.

Juli Bouen, Tay Barrell, Jessi Tayler Fergyuson, Erik Stounstrit va Sofiya Vergara Modern Family serialining har bir qismida ijro etgan roli uchun 250 ming dollardan gonorar oladi.

Big Little Lies seriali yaratuvchilari Riz Uizerspun va Nikol Kidmanga har bir epizodda rol ijro etgani uchun 350 ming dollardan to‘laydi.

Aktrisa Ellen Pompeo Grey’s Anatomy serialining har bir qismida Meredit Grey rolini ijro etgani uchun 400 ming dollar gonorar oladi.

Homeland serialining bosh rol ijrochisi Kler Deyns birgina epizodda suratga tushish uchun 450 ming dollar oladi. Suratga olish ishlari boshlanganida Kler har bir epizod uchun 250 ming dollar gonorar olar edi.

Kevin Speysi ushbu serialning bitta qism bosh qahramonni jonlantirishi uchun 500 ming dollar oladi. Avvaliga uning hamkasbi Robin Raytga Kevindan 80 ming dollar kamroq to‘lashar edi, biroq o‘tgan yilning bahorida u gonorarini ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

Gilmore Girls serialining bosh qahramonlari Loren Grem hamda Aleksis Bledel har bitta epizodda suratga tushgani uchun 750 ming dollar oladi. Bu serialning 2000-yilda chiqqan birinchi qismidagi gonorardan 15 barobar ko‘p demakdir.

2017-yilga qadar ushbu serialda bosh rollarni ijro etgan Jim Parsons, Jonni Galeki, Keyli Kuoko, Saymon Xelberg va Kunal Nayyar har bitta epizod uchun 1 million dollardan olar, ularning hamkasblari Maim Byalik va Melissa Roychga esa 200 ming dollardan gonorar tegardi.

2017-yilda bosh rol ijrochilari o‘z shartnomalarini hamkasblari foydasiga qayta ko‘rib chiqdi. Natijada bosh rolni ijro etadigan beshta aktyor har bir epizod uchun 900 ming dollardan, Byalik va Roych esa 450 ming dollardan oldigan bo‘ldi.

Mashhur serialning besh nafar aktyori televideniye tarixida eng ko‘p maosh oladigan insonlargan aylandi. 7-mavsum suratga olinishidan oldin britaniyalik aktyorlar Emiliya Klark, Kit Xarington va Lina Xidi, shuningdek, amerikalik aktyor Piter Dinkleyj va daniyalik yulduz Nikolay Koster-Valdau yangi shartnoma imzoladi, unga ko‘ra yuqoridagi aktyorlarning har biri serialda ijro etgan birgina epizodi uchun 2,5 million dollar miqdorida gonorar oladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют