» » Yozuvchilar uyushmasida “Bugunning nafasi” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Yozuvchilar uyushmasida “Bugunning nafasi” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan “Bugunning nafasi” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 3-avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda kechayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari ko‘lami, shiddatli o‘zgarishlar jarayonini hayotiy, jonli tarzda aks ettirish barcha ijodkorlar, jumladan, qalam ahlining ham burchi ekanini ta’kidlagan edi.

Bu boradagi vazifalardan kelib chiqqan holda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan qisqa vaqt ichida “Bugunning nafasi” nomli ocherk, esse va badiiy publitsistik maqolalar to‘plami tayyorlanib, nashr etildi.

Iqbol Mirzo, Mahmud Toir, Enaxon Siddiqova, Sa’dulla Hakimov, Ahmadjon Meliboyev, Saydi Umirov, Mirpo‘lat Mirzo, Murod Abdullayev, Shuhrat Rizayev, O‘ktam Mirzayor, Sharifa Salimova kabi ijodkorlarning badiiy publitsistik maqolalari dolzarbligi va jozibali tilda ekani bilan diqqatga sazovor. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda yashab, ijod qilayotgan adiblar, iste’dodli yosh ijodkorlarning maqolalari ham kitob mundarijasini boyitgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-09-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют