» » Amudaryo tumanida imkoniyati cheklangan insonlarga yangi uy-joylar topshirildi

Amudaryo tumanida imkoniyati cheklangan insonlarga yangi uy-joylar topshirildi


Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi “2017—2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanining Tosh-yop ovuli hududida 2 qavatli, har biri 16 xonadonli 2 ta turar joy qurilishi boshlanib, mustaqillikning 26 yillik bayrami arafasida qurib bitkazilgan edi. Mana shu ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning 4 tasi Amudaryo tumanida istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan fuqarolarga tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Amudaryo tumani hokimligining rasmiy saytiga asoslanib, “KRuz.uz” xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va boshqalar imkoniyati cheklanganlarga tantanali ravishda uy-joy topshirish bo‘yicha o‘tkazilgan marosimda ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan mehnat qilish imkoniyati bo‘lgan xotin-qizlarga “Paxtasanoat” uyushmasi hududiy bo‘limlari tomonidan zamonaviy tikuv mashinalari berildi. Endilikda tikuv mashinalari egalari “Paxtasanoat” uyushmasi hududiy filiallari bilan tuzilgan shartnoma asosida paxta terish uchun etaklar, qo‘lqoplar, urug‘lik solinadigan qopcha, maxsus ish kiyimlari va sohada zarur bo‘lgan boshqa mahsulotlar yetkazib beradi. Ularning ish haqi oldindan to‘lab beriladi. O‘n mingdan ortiq etak tikkan tikuvchilarga arzon uylardan sotib olishlari uchun yetadigan badal puli – 10 million so‘m mablag‘ plastik kartochkalariga o‘tkazib beriladi.

Shuningdek, mahsulot tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mato va ip paxta tozalash korxonalari tomonidan yetkazib beriladi. Bu imkoniyat nogironlar uchun daromad manbalarini shakllantirish va foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lib, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda 4 nafar fuqaroga yangi uylarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют