» » Qozog‘iston Chimkentdan O‘zbekiston chegarasigacha neft quvuri tortishga tayyorligi ma’lum qilindi

Qozog‘iston Chimkentdan O‘zbekiston chegarasigacha neft quvuri tortishga tayyorligi ma’lum qilindi


Qozog‘iston neft tranziti kafolatlagan taqdirda Chimkentdan O‘zbekiston chegarasigacha neft quvuri tortishga tayyor. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Kanat Bozumbayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “1news.uz”.

“O‘tgan hafta bu masala Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak bilan, bu hafta O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov bilan muhokama etildi”, — dedi Bozumbayev.

Gap sovet davrida Janubiy Qozog‘iston viloyatining Shagir qishlog‘idagi neft stansiyasini O‘zbekiston bilan bog‘lagan neft quvurini tiklash haqida ketmoqda. Hozirda quvurning mazkur qismi konservatsiya qilingan.

“Qachonlardir neft quvuri alohida bo‘lgan, u Shagirdan O‘zbekistongacha borgandi. Biroq keyinchalik u konservatsiya qilindi, hatto ayrim joylari qismlarga ajratib tashlandi. Uning tiklanishi O‘zbekiston va Rossiya tomonidan neft tranziti hajmlari kafolatiga bog‘liq. Agar hajmlar o‘zini oqlaydigan darajada bo‘lsa, tiklashga kirishish mumkin”, — ta’kidladi Qozog‘iston energetika vazirining o‘rinbosari Aset Magauov.

Oldinroq “O‘zbekneftegaz” Qozog‘iston va Rossiya bilan Omsk —Pavlodar—Chimkent tizimi bo‘ylab neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Qo‘shimcha xomashyo Jizzaxda qurilayotgan neftni qayta ishlash zavodi uchun kerak bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют