» » AQShning besh sobiq prezidenti “Xarvi” to‘fonida jabrlanganlar uchun pul to‘plamoqda

AQShning besh sobiq prezidenti “Xarvi” to‘fonida jabrlanganlar uchun pul to‘plamoqda


7-sentabr kuni AQShning besh nafar sobiq prezidenti keng jamoatchilikka murojaat qilib, “Xarvi” to‘foni jabrlanuvchilari uchun pul to‘plash kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

The New York Times nashriga ko‘ra, ushbu e’lon AQSh siyosatida birdamlikning kamdan-kam namoyishi bo‘ldi. Odatda o‘zidan oldingi rahbarlarni tanqid qilgan Donald Tramp bu safar ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

“Biz, shamol qanchalik kuchli yoki suv qanchalik baland bo‘lishidan qat’iy nazar, muammoga qarshi kurashamiz. Prezidentlar bilan #OneAmericaAppeal kampaniyasida ishtirok etayotganimdan g‘ururlanaman”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

To‘plangan mablag‘ Jorj Bush prezidentlik kutubxonasi jamg‘armasi akkumulyatsiya qiladi. Bu mablag‘lar, o‘z navbatida, Xyustondagi “Xarvi” jabrlanuvchilari jamg‘armasi va Texasni tiklash jamg‘armasi hisoblariga o‘tkaziladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют