» » Prezident ma’muriy islohot konsepsiyasini imzoladi

Prezident ma’muriy islohot konsepsiyasini imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan ma’muriy islohot konspetsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Ma’muriy islohot konsepsiyasi olti yo‘nalishdan iborat:

1. Ijro hokimiyati organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

Ijro hokimiyati organlari tuzish va tugatishning aniq kriteriylarini joriy etish, ijro hokimiyati organlarini optimizatsiya qilish, kadr va material resurslarni ratsional taqsimlash, ularning mustaqillik darajasini oshirish, Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini yaxshilash, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish, ma’muriy adliyani rivojlantirish va murojaatlarni kollegial eshitishni joriy etish.

2. Ijro hokimiyati organlari vazifalari, ularni realizatsiya qilishi mexanizmlari va javobgarlik sohalarini konkretlashtirish

Rivojlanish dasturlarini shakllantirishda ddavlat hokimiyati hududiy organlari faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish, davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning maqsadli indikatorlariga erishishga yo‘naltirilgan mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ishni tashkil etishning jahon tajribasida qo‘llanadigan zamonaviy metodlaridan, shu jumladan, sifat menejmenti, rejalashtirish indikatorlari, autsorsing, kraudsorsingdan foydalanish, rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning realizatsiyasini monitoring qilishda jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy shakllarini joriy etish.

3. Iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirni qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish

Davlat ishtirokidagi tijoriy tashkilotlar tuzilishining cheklanishi, xususiy sektor samarador faoliyat yuritayotgan sohalarda ishlayotgan davlat korxonalarini qayta tashkillashtirish, davlatning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish, ijtimoiy va davlat-xususiy hamkorligi huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish, davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish.

4. Vertikal boshqaruv tizimi va ijro hokimiyati organlari ta’sirini takomillashtirish

Davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich detsentralizatsiya qilish, joylarda davlat hokimiyati organlari moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning roli va javobgarligini oshirish, hududiy organlar rahbariyatini tanlashda joylarda hokimiyat organlari vakolatlarini kuchaytirish.

5. Davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning zamonaviy shakllarini joriy etish

Davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini optimizatsiya qilish va osonlashtirish, innovatsion g‘oya va texnologiyalar ishlab chiqishga faol investitsiyalar joriy etish, zamonaviy ilmiy va innovatsion yutuqlarni joriy etish uchun rivojlangan infrastruktura yaratish, tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish.

6. Professional davlat xizmatining samarador tizimini shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashning ta’sirchan mexanizmalirini o‘rnatish

Davlat xizmatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholi bilan muloqot o‘rnatishning yangi mexanizmlarini joriy etish, davlat xizmatchilari mehnati samaradorligini oshirish, ularning mehnatiga pul to‘lash va ijtimoiy ta’minlashning zamonaviy tizimini joriy etish.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 21:12)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют