» » Rekordni ortig‘i bilan o‘rnatgan palov, Meksikadagi “asr zilzilasi”, Babayanning iqrornomasi va kunning boshqa muhim xabarlari

Rekordni ortig‘i bilan o‘rnatgan palov, Meksikadagi “asr zilzilasi”, Babayanning iqrornomasi va kunning boshqa muhim xabarlari


8-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. “O‘zbegim” festivalida tayyorlangan megapalov Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin oldi. Qiyofalar, qadriyatlar, palov. “O‘zbegim” festivalidan fotoreportaj.

2. Meksikada 8,0 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila qurbonlari soni 30 kishidan oshdi. Meksika prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi 100 yilda bunday kuchli zilzila yuz bermagan edi.

3. Samvel Babayan: Xudo haqi, shaxsan men butun vujudim bilan o‘zimni ishga bag‘ishlagandim. “Bahrayn voqeasi”da FIFAga xat yozishdek “aqlli” fikr ham Samvel Babayandan chiqqani ochiqlandi.

4. Nurafshon shahrining video loyihasi taqdim etildi. Nurafshon — bu sobiq To‘ytepa shahrining yangi nomi. U Toshkent viloyatining ma’muriy markazi hisoblanadi.

5. Stiven Sigal Toshkentga yetib keldi. Stiven Sigal bugun master-klass o‘tdi va kechki vaqt “O‘zbegim” festivalida qatnashdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют