» » Ispaniya hukumati “Taxtlar o‘yini” suratga olingan joyga turistlar oqimi ko‘payib ketganidan xavotirda

Ispaniya hukumati “Taxtlar o‘yini” suratga olingan joyga turistlar oqimi ko‘payib ketganidan xavotirda


Ispaniya rasmiylari mamlakatdagi Bask o‘lkasida joylashgan Gastelugache oroliga kelayotgan turistlar oqimining juda kattaligidan tashvishdaligini bildirdi. Orolda “Taxtlar o‘yini” serialining yettinchi mavsumida ko‘rsatilgan bir qancha sahnalar suratga olingan edi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Aytilishicha, Gastelugache orolida Ajdar toshi qarorgohining mashhur zinapoyasi joylashgan. Ikki oy ichida bu yerga 75 ming turist tashrif buyurdi. Syomkaga qadar orol turistlar orasida mashhur emas edi, bu yerga asosan kamsonli xristianlar Avliyo Ioann sharafiga qurilgan soat minorasini ziyorat qilish uchun kelardi.

Mahalliy ma’muriyat vakillari odamlarning juda ko‘p miqdorda kelishi mahalliy tabiatga zarar keltiradi deb hisoblamoqda. Ayni paytda ular turistlar oqimini cheklash yo‘llarini qidirmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-09-2017, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют