» » Parijdagi bir xonali kvartiradan 130 ta mushuk topildi (video)

Parijdagi bir xonali kvartiradan 130 ta mushuk topildi (video)


Fransiyaning Parij shahridagi bir xonali kvartirasida 130 ta mushukni saqlagan ayol hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda ayblandi. Bu haqda The Local ma’lum qildi.

Ayolning qo‘shnilaridan biri uning mushuk bolasini deraza oynasiga uloqtirganini ko‘rgan va politsiya chaqirgan. Politsiya 60 yoshli ayolning uyiga kelganida 25 kvadrat metrli uy mushuklar liq to‘la edi. Uyning poli mushuk axlati bilan qoplangan, shiftda esa yoriqlar bor edi. Ozg‘in mushuklar yoriqlar orqali chordoqqa chiqib ketardi.

Uyda jiddiy jarohatlangan mushuk bolasi topilgan. U veterinariya klinikasiga olib borilgan, biroq uning ahvoli yomonlashishda davom etgan. Uch kundan keyin shifokorlar mushukcha jarohatdan tuzala olmaydi degan qarorga kelgan va uni maxsus yo‘l bilan o‘ldirishga qaror qilgan.

Ayol hibsga olingan, biroq keyin qo‘yib yuborilgan va tekshiruv uchun ruhiy kasalxonaga yuborilgan. Mushuklarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot xodimlari barcha mushuklarni ushlab, uy hayvonlarini saqlash punktlariga olib borishi uchun to‘rt kun kerak bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-09-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют