» » Britaniyada bolalar bilan birga “o‘sadigan” kiyim ixtiro qilindi (video)

Britaniyada bolalar bilan birga “o‘sadigan” kiyim ixtiro qilindi (video)


Britaniyalik dizayner Rayan Yasin bolalar uchun ular bilan birga “o‘sadigan” kiyim ixtiro qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Yasin bolaning o‘lchamiga qarab eniga va bo‘yiga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan maxsus mato ishlab chiqdi. Mato suv o‘tkazmaydi, o‘ta mustahkam, mashinada yuvish va qayta ishlashga yaroqli. Undan tayyorlangan kiyimlar 3 oydan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan.

“Origami” matoni tayyorlashda Yasin o‘zi kollejda o‘rgangan aeronavtika muhandisligi  tamoyillaridan foydalandi. Kiyimni yaratishga esa dizaynerni xarid qilingan liboslari tezda tor kelib qoladigan jiyanlarini kuzatish ilhomlantirdi.

Yasinga ko‘ra, uning ixtirosi nafaqat ota-onalarga mablag‘ tejash, balki bolalar kiyimini ishlab chiqarishga xarajatlar kamayishi hisobiga atrof-muhitga kamroq zarar yetkazish imkoniyatini ham yaratadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют