» » Meksikada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 58 kishiga yetdi

Meksikada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 58 kishiga yetdi


Meksikada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 58 kishiga yetdi, deb xabar berdi Reuters.

Muqaddam halok bo‘lganlar soni 32 kishini tashkil qilgani bildirilgan edi.

Mamlakatning janubiy qismiga katta talofat yetgan. Oaxaka shtatidagi Xuchitan shahrida uylar, mehmonxonalar va boshqa ko‘plab binolar vayron bo‘lgan. Shuningdek, yerosti silkinishi oqibatida Matias-Romero shahridagi mehmonxona ikkiga ajralib ketgan.

8,0 magnitudali zilzila 8-sentabr kuni Tinch okeanining Meksika sohillari yaqinida sodir bo‘lgan edi. Uning epimarkazi mamlakat janubi-sharqidagi Pixixyapan shahridan 96 kilometr uzoqlikda joylashdi.

Yetkazilgan umumiy zararni hisoblashga vaqt kerak, biroq ushbu zilzila mamlakatdagi so‘nggi yuz yilda davomida qayd etilgan eng kuchli yer silkinishi ekanligi ma’lum.

Mutaxassislar Meksika qirg‘oqlariga, shuningdek, unga yaqin bo‘lgan davlatlar — Gonduras, Nikaragua, Gvatemala, Salvador, Kosta-Rika, Panama va Ekvadorga sunami xavf solishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-09-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют