» » Kiyevda chechen ko‘ngilli batalyoni jangchilaridan biri portlatib yuborildi

Kiyevda chechen ko‘ngilli batalyoni jangchilaridan biri portlatib yuborildi


Ukraina poytaxtida avtomobil portlatilishi oqibatida Gruziya fuqarosi Timur Maxauri halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Mashinada Maxaurining turmush o‘rtog‘i va farzandi ham bo‘lgan. Ayol og‘ir jarohatlandi, bola jabrlanmadi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Maxauri Donbassda Ukraina hukumat kuchlari tomonida, shayx Mansur nomli (boshqa manbalarda Joxar Dudayev nomli) chechen ko‘ngilli batalyoni tarkibida jang qilgan.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Timur Maxaurini “shaxsiy dushmani” sifatida ko‘rgani, Turkiya prokuraturasi esa Shomil Basayev o‘ldirilishi ishtirokchilaridan biri deb atagani ma’lum qilinmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-09-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют