» » Tramp Kubaga nisbatan savdo embargosini yana bir yilga uzaytirdi

Tramp Kubaga nisbatan savdo embargosini yana bir yilga uzaytirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Kubaga nisbatan savdo cheklovlarini 2018-yil 24-sentabrga qadar uzaytirdi, shu bilan birga, ularni yengillatish bo‘yicha vakolatlarni ham saqlab qoldi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Gap 1917-yilda kuchga kirgan va AQShga qarshi dushmanlik kayfiyatidagi davlatlar bilan savdoni cheklashga imkon beruvchi qonun haqida ketmoqda. Hozirda Kuba mazkur qonun taalluqli bo‘lgan dunyodagi yagona davlat bo‘lib turibdi. 2008-yilda bu ro‘yxatdan hatto Shimoliy Koreya ham chiqarilgandi. 

“Ushbu qonun asosida joriy etilgan embargo muddati shu yil 14-sentabrda yakunlanadi. Kubaga nisbatan cheklov choralarini yana bir yilga uzaytirish haqida qaror qabul qildim. Bu Qo‘shma Shtatlar manfaatlari uchun xizmat qiladi, deb o‘ylayman”, — ta’kidladi Tramp. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют