» » Suriyada yirik farmatsevtika zavodi o‘z faoliyatini qayta boshladi

Suriyada yirik farmatsevtika zavodi o‘z faoliyatini qayta boshladi


Suriyaning Damashq shahri yaqinidagi sanoat zonasida joylashgan, urush vaqtida jangarilar tomonidan vayron qilingan yirik farmatsevtika zavodi o‘z faoliyatini qayta ishga tushirdi va yana dorilar ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda zavod egasi Umar Aysueti jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Suriyada jangovar harakat boshlanganidan va ushbu hududga jangarilar yetib kelganidan so‘ng, bizning ishlab chiqarishimiz to‘xtadi, terrorchilar zavodni vayron qildi, ko‘plab uskunalarni yoqib yubordi. Urush boshlanguniga qadar biz 40 dan ortiq turdagi tibbiyot vositalarini ishlab chiqarar edik: asosan “yuragi kasallar” uchun dorilar, mazlar, eritmalar va og‘riq qoldiruvchi vositalar”, — dedi doktor Aysueti.

Aysuetining so‘zlariga ko‘ra, Adra industrial shaharchasida deeskalatsiya zonasi tashkil etilganligi sabab ushbu hududdagi ishlab chiqarish korxonalari yana o‘z faoliyatini boshlagan.

Zavod ishchilari urush yillari davomida yo‘qotilgan imkoniyatlarni qayta qo‘lga kiritish uchun ikki smenada ishlamoqda.

“Yangi zavod va yosh xodimlar, bu yerda Suriya farmatsevtikasining kelajagi rivojlanmoqda”, — deya ta’kidladi Aysueti.

Zavod egasining so‘zlariga qaraganda, farmatsevtika korxonasi endigina oyoqqa turganiga qaramay Suriyadagi yuzlab dorixonalarga tayyor mahsulotlar yetkazib berilgan. Bundan tashqari mamlakatdan sanksiyalar olib tashlanishi bilan mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yiladi.

Hozirgi kunda Suriyada uchta deeskalatsiya zonalari tashkil etilgan: Xoms shahri shimolida, Damashq shahri yaqinida — Sharqiy Guta hududida, shuningdek, Suriya va Iordaniya chegarasida — Der’a viloyatida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-09-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют