» » Rossiya termasi O‘zbekistonni guruhda qoldirib ketgan termalar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Rossiya termasi O‘zbekistonni guruhda qoldirib ketgan termalar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi


Futbol bo‘yicha Rossiya milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashida O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olib, keyinroq muvaffaqiyatga erishgan mamlakatlarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Bunda gap Rossiya mundiali chiptasiga birinchilardan bo‘lib ega chiqqan Eron va yo‘llanmani Toshkentda qo‘lga kiritgan Janubiy Koreya termalari haqida bormoqda. Har ikki jamoa rossiyaliklarga uch kun ichida raqiblik qiladi.

Forslar 7-oktabr kuni Moskvadagi “VEB Arena”da Rossiya termasini sinovdan o‘tkazadi. 10-oktabr kuni esa Rossiya va Janubiy Koreya jamoalari Qozon shahridagi “Qozon Arena”da saf tortadi.

JCh—2018 ishtirokchilaridan 7 tasi hozircha ma’lum: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Saudiya Arabistoni.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют