» » OAV: Merkelga bir haftada ikkinchi bor pomidor uloqtirishdi

OAV: Merkelga bir haftada ikkinchi bor pomidor uloqtirishdi


Germaniyaning turli shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan saylovoldi tadbirlarida mamlakat kansleri Angela Merkelga bir hafta ichida ikki marta pomidor uloqtirishdi. Bu haqda nemis OAVlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

DPA agentligining xabar berishicha, Meklenburg—Old Pomeraniya saylov lagerlariga tadbirga tashrifi doirasida kanslerning avtomobiliga pomidorlar uloqtirishgan. Namoyishchilar, xususan “Germaniya uchun muqobil” partiyasi tarafdorlari “Ket, yo‘qol”, deya baqirishgan. Kansler bilan bo‘lgan uchrashuvda “o‘nglar”ning 150 nafar tarafdori ishtirok etib, Merkelni hushtaklar ostida kutib oldi.

Bild’ning yozishicha, xuddi shu kabi holat 5-sentabr kuni Geydelberg shahrida ham sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslar egniga qizil kiyim kiyib olgan Merkelga ikkita pomidor otib qolgan.

Germaniya bundestagi saylovlari 24-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-09-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют