» » “Irma” to‘foni maksimal — beshinchi darajaga erishdi

“Irma” to‘foni maksimal — beshinchi darajaga erishdi


“Irma” to‘foni Saffir-Simpson shkalasining maksimal — beshinchi darajasiga erishdi. Bu haqda AQSh to‘fonlardan ogohlantirish markaziga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Markazning ma’lumotlariga ko‘ra, ogohlantirish zonasi Floridaga qadar kengaytirilgan. Shamol tezligi soatiga 257,5 kilometrga yetgan.

“Irma” Atlantikada so‘nggi o‘n yilliklar ichida sodir bo‘lgan eng kuchli to‘fon deyilmoqda va dam olish kunlari AQSh qirg‘oqlariga yetib kelishi kutilmoqda.

6 millionga yaqin odam yashaydigan Floridaning janubiy hududlari va unga yopishuvchi shtatlarda favqulodda vaziyat holati e’lon qilingan, shtatdagi 20 dan ortiq uyezdlar evakuatsiya qilinmoqda.

Mutaxassislar “Irma”ni avgust oxirlarida Texasga yopirilgan va fojiali suv toshqinlariga sabab bo‘lgan “Xarvi”dan kuchliroq deya hisoblamoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 42) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют