» » Saudiya Arabistoni nuqtai nazarini rasman bildirmagunicha Qatar bilan muloqot boshlanmasligini ma’lum qiladi

Saudiya Arabistoni nuqtai nazarini rasman bildirmagunicha Qatar bilan muloqot boshlanmasligini ma’lum qiladi


Ar-Riyod amirlik o‘zining aniq nuqtai nazarini bildirmaguncha Qatar bilan har qanday muloqotni rad etadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Mazkur bayonot Qatar amiri Tamim al-Tanining Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad as-Saud bilan telefon orqali suhbati haqidagi xabardan bir soat o‘tib paydo bo‘ldi. Amirlikning QNA axborot agentligi xabarida mazkur telefon orqali muloqot AQSh prezidenti Donald Trampning iltimosiga ko‘ra amalga oshirilgani bildirilgan.

Saudiya TIV vakiliga ko‘ra, suhbat Qatar tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan va unda to‘rt davlat bilan muloqot boshlash haqidagi iltimos yangragan.

“Bu holat Qatar rasmiylari jiddiy muloqotga tayyor emasligi va o‘zining avvalgi inkor etish siyosatini davom ettirayotganini ko‘rsatadi. Saudiya Arabistoni o‘z nuqtai nazarini rasman bildirmagunicha Qatar bilan har qanday muloqot to‘xtatilishini ma’lum qiladi”, — ta’kidladi vazirlik vakili.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-09-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют