» » AQSh va Yaponiya harbiy aviatsiyasi Sharqiy Xitoy dengizida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi

AQSh va Yaponiya harbiy aviatsiyasi Sharqiy Xitoy dengizida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazdi


Yaponiya mudofaa kuchlarining ikkita F-15 qiruvchisi va AQSh harbiy-havo kuchlarining ikkita B-1 strategik bombardimonchi samolyotlari Sharqiy Xitoy dengizi hududida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, mazkur o‘quv mashg‘ulotlari KXDRning raketa va yadroviy sinovlari oqibatida Koreya yarimorolidagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan, “AQSh va Yaponiya harbiy xizmatchilari o‘rtasidagi strategik munosabatlarni mustahkamlash maqsadida” o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 3-sentabr kuni KXDR o‘z tarixida oltinchi marta yadroviy sinov o‘tkazdi, bu esa mintaqadagi siyosiy inqirozni yanada chuqurlashtirdi.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligining aniqlashicha, KXDR yadroviy zaryadning og‘irligini 500 tonnachaga kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu esa, nazariy jihatdan, “Xvason-14” qit’alararo ballistik raketasiga yadroviy kallakni o‘rnatish va uni AQSh hududiga uchirish imkonini beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют