» » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yo‘l olishi oldidan Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yo‘l olishi oldidan Xitoy delegatsiyasini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-sentyabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy-huquqiy komissiyasi kotibi, O‘zbekiston—Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraisi Men Szyanchju boshchiligida Qo‘shma qo‘mitaning navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Xitoy hukumati delegatsiyasini qabul qildi.

O‘zAning xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro manfaatli, ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi amaliy hamkorlik, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi aloqalar istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi kelishuvlarning to‘la bajarilishi hamda iqtisodiyotning yuqori texnologiyali tarmoqlaridagi yangi loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston—Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi alohida o‘rin tutishi qayd etildi.

Men Szyanchju O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, Xitoy rahbari Si Szinpinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Xitoy O‘zbekiston bilan har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyor va bundan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют