» » Markaziy bank: Eksportchi tadbirkorlar xorijiy valyutadagi tushumini sotishga majbur emas

Markaziy bank: Eksportchi tadbirkorlar xorijiy valyutadagi tushumini sotishga majbur emas


O‘zbekiston Prezidentining 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini erkinlashtirishning ustivor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar eksport amaliyotlari bo‘yicha kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy tartibda sotishlariga qo‘yilgan talab bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki xabar bermoqda.

Yuqoridagi me’yor qabul qilinishi munosabati bilan va majburiy sotuvni amalga oshirilishi yoki oshirilmasligi yuzasidan kelib tushayotgan savollarga asosan O‘zbekiston Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi:

2017-yilning 5-sentabridan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari eksport qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) turi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulkchilik shaklidan qat’i nazar, eksport amaliyotlari bo‘yicha kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy tartibda sotishlariga qo‘yilgan talab bekor qilindi.

Bundan buyon eksportchilar eksportdan kelib tushgan o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish va hech qanday to‘siqlarsiz o‘z xohishlariga ko‘ra, joriy xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek tovarlar (xizmatlar) importi uchun sarflashlari yoki milliy valyutadagi joriy xarajatlarni amalga oshirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki valyuta birjasida (bank orqali) sotish huquqiga egadir.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-09-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют