» » Shavkat Mirziyoyev xitoylik amaldorni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev xitoylik amaldorni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy-huquqiy komissiyasi kotibi, O‘zbekiston—Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraisi Men Szyanchjuni orden bilan taqdirladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga muvofiq Men Szyanchjuga “Do‘stlik” ordeni topshirilgan.

Szyanchju O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida “do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, yirik iqtisodiy va sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” mukofot bilan taqdirlandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yo‘l olishi oldidan Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-09-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют