» » Kim Chen In yadrochi olimlar uchun bayram ziyofatini uyushtirdi

Kim Chen In yadrochi olimlar uchun bayram ziyofatini uyushtirdi


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yadrochi olimlarni oltinchi yadro sinovi o‘tkazilishi munosabati bilan tabriklash maqsadida ular uchun keng ko‘lamli bayram uyushtirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” Shimoliy Koreya axborot agentligiga tayanib xabar berdi.

Tadbir qachon bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritilmayapti, ammo tahlilchilar u 9-sentabr, shanba kuni o‘tkazilganini qayd etmoqda. Agentlik e’lon qilgan suratlarda Kim Chen In KXDR yadro dasturi uchun javobgar bo‘lgan ikki nafar eng taniqli olim bilan birga turganini ko‘rish mumkin.

Bayram 9-sentabr kuni nishonalandigan Shimoliy Koreya tashkil topgan kunga to‘g‘ri keldi.

Oltinchi yadro sinovini KXDR 3-sentabr kuni o‘tkazdi. Mamlakat hukumati ta’kidlashicha, ular ballistik raketa uchun vodorodli jangovar kallakni yarata olgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют