» » Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkentdagi muz saroyi loyihasini taqdim etdi (foto)

Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkentdagi muz saroyi loyihasini taqdim etdi (foto)


Toshkentning Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida O‘zbekistondagi birinchi muz saroyi qurilmoqda, deb yozadi “Kommersant.uz”.

Janubiy Koreyaning Heerim Architects kompaniyasi 12,5 ming tomoshabinni o‘z ichiga sig‘dira oladigan “Humo” majmuasi dizayni loyihasini taqdim etdi.

Obyekt 2018-yilda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Shu sababli qurilish ishlari tezlashtirilgan dasturda olib boriladi. Qurilish taxminan 9 oy davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, majmuada o‘lchamlari 60?30 metr bo‘lgan ikkita – asosiy va mashq muz arenalari rejalashtirilgan bo‘lib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 36 metrni tashkil etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-09-2017, 10:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют