» » Tojikiston ichki ishlar vaziri she’rlar tanlovi g‘oliblaridan biriga aylandi

Tojikiston ichki ishlar vaziri she’rlar tanlovi g‘oliblaridan biriga aylandi


“Tojikiston” gazetasi mamlakat mustaqilligiga bag‘ishlangan eng yaxshi she’rlar tanlovi yakunlarini ma’lum qildi. Unda professional shoirlar va havaskorlar ishtirok etdi, deb xabar beradi  Asia-Plus.

Tanlovda mamlakat ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda Nihoniy taxallusi ostida “Tojikiston” she’ri bilan qatnashdi va uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi va ikkinchi o‘rinlar esa Tojikiston xalq shoirlari Gulnazar Keldi hamda Muhammad G‘oyibga nasib etdi.

Hakamlar hay’ati tanlab olgan 37 ta eng yaxshi she’r to‘plam holida chop etildi. Rahimzodaga taqdim etilgan diplom va ming somoniy (113 dollar atrofida) pul mukofoti vazirlik matbuot xizmati boshlig‘i Umarjon Emomaliga topshirildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-09-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют