» » Investorlarga maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun yer uchastkalari ajratiladi

Investorlarga maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish uchun yer uchastkalari ajratiladi


9-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Qarorda ta’kidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida mamlakatda sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim tizimini tashkil qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, mavjud tizimli kamchiliklar maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:

– maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi holati tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohada zamonaviy innnovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti;

– maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining joriy holati bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti, mamlakatda aholi sonining o‘sishi ayrim maktabgacha ta’lim muassasalarining haddan tashqari bandligiga olib kelmoqda.

Shu munosabat bilan davlat rahbari tomonidan qabul qilingan qarorda maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarininginfratuzilmasiva moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Xususan:

birinchidan, 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida tajriba tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etiladi:

– zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish maqsadida investorlarga yer uchastkalari va bo‘sh turgan binolarni beg‘araz ajratish;

– investorlarga maktabgacha ta’lim muassasalarini, ayniqsa shunday muassasalarga yuqori ehtiyoj mavjud va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan soliq va boshqa imtiyozlarni taqdim etish imkoniyati;

– investorlar tomonidanvakolatli davlat organlari bilan 50 yil muddatga tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv asosida loyihani amalga oshirish;

– investorlar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan shartlarga, maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat talablariga, sanitariya-gigiyena normalariga qat’iy rioya etish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari xizmati narxining ijtimoiy hammabopligini ta’minlash;

ikkinchidan,Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berishto‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berilmoqda.

Mazkur tajriba yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish masalasi ko‘rib chiqilishi nazarda tutilmoqda.

Sohadagi dolzarb muammolarni hal qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi”ga muvofiq,

– sifatli maktabgacha ta’limni tashkil etishga davlat talablari, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi;

– milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash hamda joriy etish ishlari zamonaviy talablarga muvofiqlashtiriladi;

– vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni soddalashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi;

– davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Qarorning to‘liq matni matbuotda e’lon qilinadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют