» » To‘raqo‘rg‘on – Jomashuy avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi

To‘raqo‘rg‘on – Jomashuy avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi


Namanganning To‘raqo‘rg‘on  tumanida To‘raqo‘rg‘on – Jomashuy avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

To‘raqo‘rg‘on tumanida joriy yilning o‘tgan davrida bir qator ijtimoiy obyektlar, “Birlashgan”, “Ibrat” mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yangi bino, Xo‘jand qishlog‘ida “Nuroniylar maskani”, profilaktika inspektorlari uchun xizmat uylari qurib foydalanishga topshirildi. Ulug‘ ma’rifatparvar Ishoqxon to‘ra Ibrat xotira xiyoboni majmuasi barpo etilmoqda. Kosonsoy soyi qirg‘oqlarini rekonstruksiya qilib, istirohat maskaniga aylantirish, eski dehqon bozori o‘rnida zamonaviy savdo majmuasi bunyod etish, sakkizta ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurish ishlari qizg‘in davom etayotir. To‘raqo‘rg‘on – Mingbuloq yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga asosan 600 dan ortiq paxsali xonadonlar o‘rnida 316 namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar qurilishi avjida. O‘tgan yili ulardan 109 tasi o‘z egalariga topshirildi.

Isvaxon mahallasi hududidan o‘tgan To‘raqo‘rg‘on – Jomashuy avtomobil yo‘lining rekonstruksiya qilinishi viloyat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 5 kilometrlik yo‘lning 3,3 kilometri qisqa muddatda kengaytirilib, avtomobil qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yo‘l infratuzilmasi jahon andozalariga mos ravishda barpo etildi. Umumiy qatnov yo‘lidan tashqari avtomashinalar uchun alohida ichki yo‘l va piyodalar yo‘laklari, gulzorlar uchun maydonchalar bunyod etildi. Yo‘l bo‘yiga o‘rnatilgan dekorativ yoritgichlar kunduzi ko‘chani ko‘rkam qilsa, tunda shaharlardagi kabi charog‘on etadi. Mazkur yo‘lda amalga oshirilgan loyihaga 15 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

Ushbu yo‘nalishda aholi uchun kommunal qulayliklar yaratish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan, 14 kilometr masofada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun 23 nimstansiya o‘rnatish, 20 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, 100 dan ortiq savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish rejalashtirilgan. Ayni paytda ulardan 40 tasi faoliyat boshladi, 100 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют