» » Boltiqbo‘yi davlatlari ularni “sobiq sovet respublikalari” deb atamasliklarini so‘radi

Boltiqbo‘yi davlatlari ularni “sobiq sovet respublikalari” deb atamasliklarini so‘radi


Estoniya, Latviya va Litvaning Parijdagi elchilari Fransiyaning Le Monde gazetasiga davlatlarini “sobiq sovet respublikalari” deb atamaslik so‘ralgan maktub yo‘lladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Sizda chop etiladigan maqolalarda ‘sobiq sovet respublikalari’ atamasi boshqa qo‘llanmasligidan juda minnatdor bo‘lardik. Shu tariqa tarixiy va xalqaro miqyosda tan olingan faktlar lozim darajada aks etgan bo‘lardi”, — deyiladi gazeta bosh muharriri Lyuk Bronnerga yo‘llangan maktubda.

Diplomatik vakolatxonalar rahbarlari davlatlari 1940-yilda “Sovet Ittifoqi tarkibiga ixtiyoriy emas, harbiy anneksiya natijasida kiritilgani”, biroq “dunyoning aksar mamlakatlari, jumladan, Fransiya hech qachon anneksiyani tan olmagani”ni eslatib o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют