» » Anzur Ismoilov Luis Felipe Skolari boshqaradigan “Guanjou Evergrand” darvozasiga gol urdi

Anzur Ismoilov Luis Felipe Skolari boshqaradigan “Guanjou Evergrand” darvozasiga gol urdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy himoyachilaridan biri Anzur Ismoilov Xitoy Super Ligasining 24-turida o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Liga peshqadami hisoblangan “Guanjou Evergrand” mehmoni bo‘lgan Ismoilov jamoadoshlari 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoasining yagona golini Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvdan keyingi intervyusi sabab hijolatli ahvolda qolgan Anzur Ismoilov kiritdi.

“Suriya yutqazmadimi? Vay, tugabdi-da hammasi!”. Noxush xabardan jonli efirdagi intervyu vaqtida xabar topgan Anzur Ismoilov (video)

Ismoilov Toshkentning “Bunyodkor” klubidagi faoliyati davomida braziliyalik Luis Felipe Skolari qo‘li ostida shug‘ullangandi. Bundan kelib chiqib, u Xitoyda sobiq ustozi boshqaradigan klub darvozasiga yo‘l topdi deyish mumkin.

Bu Anzurning mavsumdagi ikkinchi aniq zarbasi bo‘ldi. Bungacha u 6-may kuni “Tianjin Kuanjin” klubi postiga ham gol urib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlashga ko‘maklashgandi. Ismoilov mavsum davomida “Chanchun Yatay”ning 19 ta o‘yinida maydonga tushdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov jamoasi “Shanxay SIPG” ham mazkur turda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Ahmedovning o‘zi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Bugun — 10-sentabr kuni Yegor Krimets harakat qiladigan “Beydzing Guoan” o‘z maydonida liganing so‘nggi o‘rinda borayotgan jamoasini qabul qiladi.

Xitoy Super Ligasi
24-tur o‘yinlari
9-sentabr, shanba

Gollar: Rikardo Gulart, 26 (1:0). Rikardo Gulart, 59 (2:0). Anzur Ismoilov, 61 (2:1). Alan, 66 (3:1).

Gollar: Vu Lei, 11 (1:0). Yu Xai, 15 (2:0). Pan Ximing, 67 (2:1). Elkesen, 80 (3:1).

10-sentabr, yakshanba
“Beydzing Guoan” — “Yanbian Funde”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют