» » Hindistonning Apollo klinikasi shifokorlari Namanganda bemorlarni qabul qildi

Hindistonning Apollo klinikasi shifokorlari Namanganda bemorlarni qabul qildi


Hindistonning dunyoga mashhur Apollo klinikasi shifokorlari Namanganda bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Dastlab hind shifokorlari Namangan shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasida mahalliy hamkasblari uchun taqdimotlar o‘tkazdi. Taqdimotlar davomida kardiojarrohlik, ortopediya, gepatologiya, dermatologiya va boshqa yo‘nalishlardagi eng so‘nggi izlanishlar, operatsiyalar o‘tkazish amaliyoti namoyish etildi, o‘zaro tajriba almashildi.

So‘ng mehmonlar viloyatning chegara tumanlaridan biri — Yangiqo‘rg‘onga yo‘l oldi va tuman markaziy shifoxonasida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

— Buni tibbiy ko‘rik emas, balki bemorlarga kasalliklari tashxisi va ularni davolash usullari yuzasidan qo‘shimcha fikr bildirish, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki o‘zbek hamkasblarimiz malakasini yuksak baholaymiz. Yangiqo‘rg‘onda teri kasalliklariga chalingan o‘nlab bemorlarni qabul qildim. Kardiojarroh doktor Virpul Royning qabulidan ham odam arimadi. Tashrifimiz davomida o‘zbekistonlik bemorlarga nafimiz tekkan bo‘lsa, bundan faqat mamnun bo‘lardik, — dedi professor Munir Ahmad.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют