» » Bundesliga. Karlo Anchelotti “Bavariya”si 30 yoshli murabbiy boshqaradigan klubdan yengildi

Bundesliga. Karlo Anchelotti “Bavariya”si 30 yoshli murabbiy boshqaradigan klubdan yengildi


Germaniya Bundesligasining 3-turiga kelib amaldagi chempion “Bavariya” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Karlo Anchelotti shogirdlari 30 yoshli mutaxassis Yulian Nagelsmann boshqaradigan “Xoffenxaym” mehmoni bo‘lib, javobsiz 2 ta gol qabul qilib oldi.

“Xoffenxaym” mazkur murabbiy qo‘l ostida o‘tgan mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlab, tarixda ilk bor Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi. Ammo pley-offda Angliyaning “Liverpul” klubiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan “Xoffenxaym” Yevropa Ligasining guruh bosqichida to‘p suradigan bo‘ldi.

Bundesliga peshqadami bo‘lib turgan Dortmundning “Borussiya” klubi ham ochko yo‘qotdi. Shunga qaramay, Peter Bosh jamoasi peshqadamlikni saqlab qoldi.

Germaniya Bundesligasi
3-tur bellashuvlari

Gol: Nabi Keyta, 67 (0:1). Timo Verner, 75 (0:2).

Gollar: Kevin-Prins Boateng, 13 (0:1).

Chetlatish: Yorik Rave, 27 (F).

Gollar: Mark Ut, 27 (1:0). Mark Ut, 51 (2:0).

Gollar: Nabil Bentaleb, 4-pen (1:0). Shadrak Akolo, 40 (1:1). Naldo, 47 (2:1). Gvido Burgshtaller, 48 (3:1).

Gollar: Daniel Didavi, 52 (1:0). Martin Xarnik, 75 (1:1).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-09-2017, 06:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют