» » BMT dunyoda o‘ta qashshoqlik darajasi 11 foizgacha kamayganini ma’lum qildi

BMT dunyoda o‘ta qashshoqlik darajasi 11 foizgacha kamayganini ma’lum qildi


Dunyoda o‘ta qashshoqlik darajasi 11 foizgacha kamaydi, biroq 767 millionga yaqin kishi hamon shunday sharoitlarda yashamoqda. Bu haqda BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Amina Muhammad so?zlariga ko‘ra, Sharqiy va Janubiy Osiyoda qashshoqlikka qarshi kurashda sezilarli siljishlarga erishildi, biroq Afrikaning Sahroi Kabirdan janubdagi qismi sayyoraning eng nochor mintaqasi bo‘lib qolmoqda. Bu hududda aholining 42 foizi o‘ta qashshoqlikda yashaydi.

Shuningdek, jamiyatda iqtisodiy-ijtimoiy notenglik saqlanib qolmoqda.

“Bolalar va yoshlar, ayollar va qizlar, tub aholi, keksalar, qishloq xo‘jaligi xodimlari, nogironlar, muhojirlar, mojarolar hududidagi insonlar huquq va imkoniyatlari cheklanganini tan olishimiz lozim. Ular bizning kundalik qo‘llab-quvvatlashimizga muhtoj”, — deb ta’kidladi BMT vakili Barqaror rivojlanish maqsadlari amalga oshirilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-09-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют