» » Fitch: o‘zbek banklari so‘m devalvatsiyasidan himoyalangan

Fitch: o‘zbek banklari so‘m devalvatsiyasidan himoyalangan


O‘zbekiston banklarining kapitali, yuqori valyuta kredit portfeli ko‘rsatkichlari tufayli, so‘mning devalvatsiyasi salbiy oqibatidan himoyalangan. Fitch agentligining hisobotida qayd etilishicha, milliy valyutaning qo‘qqisdan qadrsizlanishi, katta hajmda AQSh dollari nominalidagi mablag‘ga ega hamda valyuta kreditlashda yuqori ulushga ega banklarning kapitaliga o‘rtamiyona ta’sir ko‘rsatadi, deb yozadi “Kommersant.uz”.

O‘zbekistonning davlat banklari (O‘zsanoatqurilishbank, Asaka, Mikrokreditbank va Agrobank) muntazam ravishda davlat kapitali bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek ularga rekapitalizatsiya dasturiga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Moliya vazirligidan 500 million dollar va 1,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan.

“Katta miqdordagi dollar mablag‘i davlat banklarida milliy valyutaning kelgusi devalvatsiyasi vaziyatida kapitalning rag‘batlantirilishini kuchaytirishi lozim”, — deydi Fitch mutaxassislari.

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют