» » Statistika: Turkmanistonda qaysi soha xodimlari yuqori maosh oladi?

Statistika: Turkmanistonda qaysi soha xodimlari yuqori maosh oladi?


Orient nashri Turkmaniston Davlat statistika qo‘mitasining mamlakatdagi oylik maoshlar borasidagi ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, qaysi idora va tashkilot xodimlariga yuqori maosh to‘lanishini hisoblab chiqdi.

Aniqlanishicha, eng ko‘p maoshni (o‘rtacha) — savdo flotidagilar, xususan, “Dengiz savdo floti” yopiq aksiyadorlik jamiyati ishchilar olishadi. 2017-yilda ularning maoshi 2,387,6 manatni (682 dollar) tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgiga nisbatan biroz pastroq ko‘rsatgich.

Undan keyingi pog‘onani Turkmaniston prezidenti qoshidagi Milliy kosmik agentligi egalladi, ushbu tashkilot xodimlari o‘rtacha 1 909,9 manat (546 dollar) maosh olishadi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 28,7 foizga ko‘proq demakdir.

Uchinchi o‘rinni “Turkmanneft” Davlat konserni 1861,4 manat (532 dollar) ko‘rsatgich bilan band etdi.

Undan keyingi o‘rinlarga butun moliyaviy-iqtisodiy va bank komplekslarini qo‘yish mumkin. Dengiz va daryo transporti davlat xizmati, Arxitektura va qurilish vazirligi, “Oltin asr” yopiq aksiyadorlik jamiyati, “Turkmangeologiya” davlat korporatsiyasi kabi tashkilotlarda ham to‘lanadigan maosh nisbatan yuqori.

Shuningdek, yuqori maosh oladigan davlat idoralari orasiga Ta’lim vazirligini ham qo‘shish mumkin.

Eng kam maoshni Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xodimlari olishi ma’lum bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-09-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют