» » Ostona EXPO—2017: Rasmiy yopilish marosimi (foto)

Ostona EXPO—2017: Rasmiy yopilish marosimi (foto)


10-sentabr kuni Qozog‘istonda “Ostona EXPO-2017” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmaning rasmiy yopilish marosimi o‘tkazildi. Unda qator davlat rahbarlari va xalqaro delegatsiyalar yetakchilari ishtirok etdi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.

Uch oy davom etgan ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya, Gruziya kabi 120 ga yaqin davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etdi. Shuningdek, 20 dan ortiq xalqaro tashkilot qatnashdi.

Sanoatlashtirish ramzi, texnik va texnologik yutuqlar namoyishi uchun ochiq platforma hisoblangan “Kelajak energiyasi” mavzusida o‘tkazilgan EKSPO ko‘rgazmasi millionlab odamlar e’tiborini tortdi, unga 5 milliondan ziyod mehmon tashrif buyurdi.

O‘zbekiston ham ushbu ko‘rgazmada samarali ishtirok etdi. Umumiy maydoni 1 ming 180 kvadrat metrni tashkil etgan pavilonga minglab mehmonlar, mutaxassislar tashrif buyurdi. O‘zbekistonning avtomobilsozlik, yuqori texnologiyalar, robototexnika, turizm, agrar sohalarda erishgan yutuqlari aks ettirilgan stendlar ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Istiqbolli hamkorlikka oid qator shartnomalar imzolandi. 5-sentabr kuni O‘zbekiston milliy kuni o‘tkazildi.

“Ostona EXPO-2017” ko‘rgazmasining yopilish marosimida bu yilgi tadbir 1851-yildan buyon an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan xalqaro yarmarkaning mantiqiy davomi bo‘lgani, dunyo xalqlarini birlashtirishga katta hissa qo‘shgani, uni o‘tkazish va yarmarkada ishtirok etish istagini bildirayotgan mamlakatlar safi tobora kengayib borayotgani ta’kidlandi.

Xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmaning rasmiy yopilish marosimi teatrlashtirilgan konsert dasturi va mushakbozlik bilan nihoyasiga yetdi.

Navbatdagi xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazma 2020-yil Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkaziladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют