» » Mixail Saakashvili Ukraina chegarasidagi mudofaani yorib o‘tib mamlakat hududiga kirib keldi

Mixail Saakashvili Ukraina chegarasidagi mudofaani yorib o‘tib mamlakat hududiga kirib keldi


Gruziya sobiq prezidenti va Odessa viloyati ma’muriyatining sobiq rahbari Mixail Saakashvili o‘z tarafdorlari bilan Polsha chegarasiga o‘rnatilgan maxsus kuchlarning mudofaasiga qaramay, Ukraina hududiga “bostirib” kirdi. Ular mamlakat hududiga kirishganidan so‘ng, kuchlar chekinib vaziyatga aralashmadi, deb xabar berdi TJournal.

Ukrainalik deputat Yuriy Derevyanko NewsOne kanaliga bergan intervyusiga ko‘ra, odamlar Ukraina va Polsha chegarasidagi “Shegini” nazorat postiga to‘planib olishgan va qanchadir muddatga maxsus kuchlarning mudofaasini yorib o‘tib, Saakashvili hamda uning tarafdorlarini “zich halqa ko‘rinishida o‘ragan holda mamlakat hududiga olib kirishgan”.

Ukraina Davlat chegara xizmati rahbarining yordamchisi Oleg Slobodan esa nazorat punktida janjal bo‘lganini so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaziyat oqibatlarini “hatto taxmin qilish ham qiyin”.

7-sentabr kuni Saakashvili Ukraina hududiga uch kundan so‘ng, rafiqasi, kichik o‘g‘li va Yuliya Timoshenko bilan “o‘z huquqlarini himoya qilish” maqsadida yetib kelishini ma’lum qilgandi.

Avvaliga Mixail Saakashvili chegarani “Krakovets” orqali kesib o‘tmoqchi edi, biroq kutilmaganda rejalar o‘zgarib qolgan va u “Peremishl — Kiyev” tezyurar poyezdiga o‘tirgan. Qanchadir vaqtdan so‘ng poyezd to‘xtagan va uning ichida baland ovozda “Ukraina hududiga kirishi taqiqlangan fuqarolar vagondan tushmagunicha, poyezd hech qayerga yurmaydi”, deya e’lon yangragan. Shundan so‘ng, siyosatchi va uning tarafdorlari Polshaning “Medika” nazorat posti orqali hech qanday muammosiz chegarani kesib o‘tgan, ammo “Shegini” nazorat postida ularni Ukraina maxsus kuchlari kutib olishgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют