» » Yerevanda noma’lum shaxs o‘yinchoq to‘pponcha yordamida dorixonani o‘marmoqchi bo‘ldi

Yerevanda noma’lum shaxs o‘yinchoq to‘pponcha yordamida dorixonani o‘marmoqchi bo‘ldi


Noma’lum o‘g‘ri Yerevan markazidagi dorixonaga o‘g‘rilikka tushdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.

Mahalliy vaqt bilan taxminan 22:30 larda yuziga tibbiy niqob taqib olgan noma’lum shaxs dorixonaga bostirib kirdi va dorixona xodimidan tushum pullarini talab qildi.

Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachi, kriminalist-ekspert, tergovchi va kinologlar dorixona yaqinidagi yerda qoldirilgan tibbiy niqob, shapka va o‘yinchoq to‘pponchani topgan.

Ayni vaqtda jinoyatni ochish maqsadida tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘ri ishni oxiriga yetkaza olmagan va hodisa joyini pulsiz tark etgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют